Markaz tarixi

1960-yil 19-oktabr — Farg‘ona shahar 1-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasi uchun yer maydoni ajratildi va shifoxona tashkil etildi. (Farg‘ona shahar deputatlar kengashi ijroiya qo‘mitasining 465-son qarori.)
2008-yil 11-noyabr — Farg‘ona shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga aylantirildi. (Farg‘ona viloyati hokimining 268-son qarori.)
2008-yil 3-dekabr — Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining Nizomi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. (Farg‘ona shahar hokimining 2031-son qarori.)
2018-yil — Davlat investitsiya dasturi asosida 2 qavatli 45 o‘rinli bolalar ichak kasalliklari binosi qurib bitkazildi; jami 2 ta davolash binosi yangidan qurildi. (Prezidentning PQ-3507-son qarori, 2018-yil 3-fevral.)
2018-yil 18-oktabr — 10 o‘rinli OIV infeksiyali bemorlarni davolash bo‘limi ochildi. (Prezidentning PQ-3800-son qarori, 2018-yil 22-iyul.)
2018-yil sentabr — Jahon banki tomonidan IFA analizatori berildi.
2019-yil 1-iyul — Gepatologiya markazi (kunduzgi statsionar, 15 o‘rin) faoliyat boshladi. (Vazirlar Mahkamasining 537-son qarori, 2017-yil 24-iyul.)
2020-yil 22-mart — Shifoxona koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarni davolash uchun maxsus gospitalga aylantirildi. Pandemiyadagi faoliyati uchun xodimlar «Salomatlik» ordenlari, «Sog‘lom turmush» medali va «Mehr-saxovat» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. (Sog‘liqni saqlash vazirligi.)
2020-yil 6-noyabr — Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali tashkil etildi. (Prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishining 88-son bayoni, 27-band.)
2020-yil 3-dekabr — Filial Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining klinik bazasi etib belgilandi. (Prezidentning PQ-4911-son qarori.)
2021-yil 21-oktabr — Yer uchastkasi kadastr hujjati rasmiylashtirildi (kadastr № 15:20:01:04:01:0005); umumiy yer maydoni 15 831,67 m².
2022-yil 16-may — Virusli gepatitlarga qarshi kurash bo‘yicha aholini bepul skrining qilish va bemorlarni bepul davolash ishlari kengaytirildi. (Prezidentning PQ-243-son qarori.)
2023-yil — Viloyat mahalliy byudjeti hisobidan Fransiyada ishlab chiqarilgan «FibroScan 430» apparati (989,8 mln so‘m) sotib olinib ishga tushirildi — jigar fibrozini erta aniqlash uchun. (Farg‘ona viloyat hokimligi.)