Markaz haqida

Bizning tariximiz, ma’muriyatimiz va jamoamiz bilan tanishing.

Statsionar o‘rinlari
140
Gepatologik markaz o‘rinlari
15
Xodimlar
300+
Tashkil topgan yil
1960
Markaz haqida
Markaz haqida

Yuqumli kasalliklardan ishonchli himoya va malakali davolash

Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali — Farg‘ona viloyatidagi yuqumli va parazitar kasalliklar bo‘yicha yagona ixtisoslashtirilgan statsionar.

Filialda 140 o‘rin, 15 o‘rinli Gepatologik markaz (kunduzgi statsionar) va 6 o‘rinli reanimatsiya bo‘limi bor. Qabul bo‘limi kecha-kunduz ishlaydi.

Diagnostika: IFA, real vaqt rejimidagi PZR, bakteriologik laboratoriya, FibroScan 430, raqamli rentgen, UTT va EKG. Surunkali gepatit C bemorlariga davlat hisobidan dorilar bepul beriladi.

Filial Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining klinik bazasi. Davlat investitsiya dasturi asosida yangi binolar qurilgan; markazlashgan kislorod stansiyasi va zaxira generator mavjud.

Hudud: jami 26 ta bino, 160 xona; umumiy yer maydoni 15 831,67 m², binolar egallagan maydon 5 207,10 m². Manzil: Farg‘ona shahri, P.Mahmud ko‘chasi, 23-uy (indeks 150100).